O‘zbekiston | 09:40 / 25.07.2019
12506
1 daqiqa o‘qiladi

Talabalar shaharchasida o‘qituvchilarga 6ta 9 qavatli arzon uylar quriladi

Foto: KUN.UZ

Hukumatning tegishli hujjati bilan Toshkent shahar, Olmazor tumani Talabalar shaharchasida Oliy ta'lim muassasalarining o‘qituvchi, murabbiy va ilmiy xodimlariga 2019–2020 yillarda 6 ta 9 qavatli arzon uylar qurilishi belgilandi.

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, mazkur uylar uchun “Ipoteka-bank” ATIB tomonidan quyidagi shartlarda ipoteka krediti ajratiladi:

kredit muddati 20 yil, boshlang‘ich badal 25 foiz va imtiyozli davr 1 yil;

kreditning birinchi 5 yilida boshlang‘ich 7 foiz stavkasidan (banklarning 2 foiz marjasini hisobga olgan holda) qayta moliyalashtirish stavkasiga yetgungacha har yili bosqichma-bosqich proporsional oshirib boriladigan stavkada va keyingi davrda qayta moliyalashtirish stavkasida belgilanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid