Saudiya Arabistonida xorijliklarga turizm sohasida lavozimlarni egallash taqiqlandi
Saudiya Arabistoni mehnat va ijtimoiy rivojlanish vazirligi xorijliklarga turizm sohasida 20ga yaqin lavozimni egallashni taqiqladi. Bu haqda Saudi Gazette nashri xabar berdi.
Nashrning yozishicha, cheklovlar uch yulduzli va undan yuqori bo‘lgan barcha mehmonxonalar hamda turistlar uchun apartamentlarga taalluqli. Xorijliklar egallay olmaydigan lavozimlar qatoriga bronlash va marketing bo‘yicha mutaxassis, mehmonxona direktori o‘rinbosari, savdo bo‘limi rahbari, sport klubi supervayzeri va boshqalar kiritildi.
Endilikda faqat Saudiya Arabistoni fuqarolarigina yuk qabul qilish va xonalarga buyurtma olish, restoran va kafelarda ofitsiantlik qilishi mumkin.
Cheklovlar yil oxiridan boshlab amal qila boshlaydi va kelgusi yil oxiridan to‘liq kuchga kiradi.
Avvalroq qirollik fuqarolarining ishsizlik darajasini pasaytirish maqsadida savdo sohasining 12ta yo‘nalishida ana shunday qaror qabul qilingandi.
Mavzuga oid
12:40 / 27.09.2024
Toshkentda O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni ishbilarmonlar forumi o‘tkazilishi mumkin
23:45 / 26.09.2024
Saudiya Arabistoni neft qazib chiqarishni oshirib, Rossiya budjetiga zarba berishga tayyorlanmoqda
13:38 / 24.09.2024
Saudiyaning asr loyihasiga aylanishi kutilgan Vision 2030 dasturi qiyinchiliklarga duch keldi
20:50 / 17.09.2024