Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik bloger O‘zbekiston poyezdidagi sayohatni «haqiqiy sinov» deb ta’rifladi
Fevral oyi oxirida O‘zbekistonga kelgan sayohatchiga vagonlardagi isitish tizimi ko‘proq muammo keltirgan - ular juda issiq bo‘lgan.
Rossiyalik trevel-bloger (sayohatlar haqida blog yurituvchi) ayol O‘zbekiston poyezdining platskart vagonida safar qilib, hech kimga, hech qachon bunday qilmaslikni tavsiya etdi. U Dzen platformasidagi «Layk Trevel Puteshestviya» blogida o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u fevral oyi oxirida O‘zbekistonning uchta shahri — Toshkent, Buxoro va Xivada bo‘lgan. Shaharlar orasida poyezdda sayohat qilgan va ko‘pincha platskart vagonining yuqori o‘rindig‘idan joy topgan. Biroq, ayolga vagonlardagi isitish tizimi ko‘proq muammo keltirgan — ular juda issiq bo‘lgan.
Blogerning so‘zlariga ko‘ra, poyezddagi barcha mahalliy ayollar kamtarona kiyingan va juda issiq bo‘lganiga qaramay, ustki kiyimlarini yechmagan. Shuning uchun ayol ulardan o‘rnak olishga va chidashga qaror qilgan. Biroq, ertalab u qolgan sayohatchilarning ortiqcha kiyimlaridan qutulganini payqaydi.


«O‘zbek poyezdidagi tunim chinakam sinovga aylandi, meni faqat mehribon, ijobiy va juda mehmondo‘st o‘zbeklar qutqardi, ular bilan muloqot qilish uchun men shunday issiq kechaga chidadim», deb xulosa qildi ayol.
Mavzuga oid
08:39 / 30.06.2026
Polsha razvedkasi: Rossiya mablag‘iga namoyishlar tashkil etgan guruh fosh etildi
13:17 / 29.06.2026
Ukrainaning 40 kunlik ta’sir amaliyoti: urush burilish nuqtasidami?
18:12 / 28.06.2026
Moskvaliklar benzin uchun navbat kutmoqda – suratlar
10:40 / 27.06.2026