Saudiya Arabistoni neft qazib chiqarishni oshirib, Rossiya budjetiga zarba berishga tayyorlanmoqda
Ar-Riyod neft narxining bir barreli uchun norasmiy ko‘rsatkich bo‘lgan 100 dollarga qaytishini kutishdan charchadi va bozordagi ulushini boshqa yo‘qotish niyatida emas.
Ar-Riyod neft narxining bir barreli uchun norasmiy ko‘rsatkich bo‘lgan 100 dollarga qaytishini kutishdan charchadi va bozordagi ulushini boshqa yo‘qotish niyatida emas. Podshohlik dekabrdan boshlab neft qazib olishni oshirish niyatida va past narxga ko‘nishga tayyor. Ushbu vaziyat Rossiyaning daromadlari kamayishidan dalolat beradi, chunki mamlakatning kelgusi yilgi budjet xarajatlarida urushga yo‘naltiriladigan mablag‘larni yana 22 foizga oshirish ko‘zda tutilgan.
Sentyabr boshida Brent markali neft narxi avgustda barreli uchun 82 dollarga chiqqan ko‘rsatkichdan shiddat bilan pasayishni boshladi, OPEK+ davlatlari oktyabr boshidan neft qazib chiqarishni oshirish rejasini yana ikki oyga kechiktirdi. Bozor ishtirokchilari ushbu qarorni e’tiborsiz qoldirdi va uning narxi 2021 yil dekabrdan beri eng past ko‘satkichga — 70 dollargacha tushib ketdi. Ko‘p o‘tmay narxlar yana turg‘unlashgan bo‘lsada, OPEK+ rejalashtirilganidek qazib olish hajmini oshirishni boshlashga tayyormi degan savol yuzaga keldi. Chunki dunyo, shuningdek, neftning asosiy iste’molchisi bo‘lgan Xitoy iqtisodiyotining ham sekinlashuvi kuzatilmoqda.
OPEK+ da neft ishlab chiqarish bo‘yicha eng yirik bo‘lgan Saudiya Arabistoni 1 dekabrdan baribir «qora oltin»ni qazib olish hajmini oshirmoqchi, bu hatto narxlar pastligi uzoq davom etsa ham amalga oshiriladi.
Budjetni barqarorlashtirish uchun Ar-Riyod bir barrel neftni 100 dollardan sotishi kerak. Ammo podshohlik tushib ketgan daromadlarni, davlat obligatsiyalarini chiqarish yoki valuta zaxiralaridan foydalanish orqali qoplash haqida o‘ylamoqda. Financial Times manbalarining so‘zlariga ko‘ra, mamlakat rahbari bozordagi ulushni endi boshqa ishlab chiqaruvchilarga topshirib qo‘yish niyatida emas.
Rejaga muvofiq, Saudiya Arabistoni dekabrdan boshlab o‘rgacha sutkalik neft qazib olishni oyiga 83 ming barrelga oshiradi, 2025 yil dekabriga borib oylik qazib olish hajmi 1 millionga oshadi. Hozirda podshohlik sutkasiga 8,9 million barrel neft qazib oladi.
Brent markali neftning bir barreli uchun narxlar 99 follarni tashkil etgan — bu 2022 yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidagi yuqori narxlarga teng. Noyabrdan boshlab OPEK+ narxlarni yuqori darajada ushlab turish uchun ishlab chiqarishni cheklagan edi. Ammo neft narxi tushishni davom etdi va 2024 yil sentabrda uning o‘rtacha narxi 73 dollarni tashkil etdi. 26 sentabr kungi savdolarda Brent narxi qariyb 3 foizga tushib ketdi.
Bu nefti diskont bilan sotilayotgan Rossiya budjeti chun kritik hisoblanadi. Joriy yilgi budjet Urals markali neft narxi barreli uchun 70 dollar bo‘lishi hisobga olingan holda ishlab chiqilgan.
Ammo oyning birinchi yarmida Brent narxi 70 dollardan tushib ketganida, Urals Boltiq hamda Qora dengiz portlarida 57-60 dollardan sotildi. «Rosbank»ning ta’kidlashicha, bunday daraja «federal budjet uchun aniq qulay emas».
Saudiya Arabistoni amalga oshirmoqchi bo‘lgan rejalar tasdiqlansa, «bu Brent narxi 2025 yilda 60 dollarga yoki undan ham pastroqqa tushishini anglatadi».
Mavzuga oid
23:55 / 03.12.2024
Saudiya Arabistoni mashinissiz boshqariladigan dunyodagi eng uzun metroni ishga tushirdi
15:20 / 03.12.2024
IUCN’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rasman o‘z ishini boshladi
08:10 / 12.11.2024
O‘zbekistonga Saudiya kompaniyalarining qariyb 2,5 mlrd dollarlik investitsiyalari jalb etiladi
19:01 / 11.11.2024