Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1233 dona psixotrop tabletkalarni noqonuniy saqlayotgan shaxs fosh bo‘ldi
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Bojxona xodimlari tomonidan bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi maxsus tadbirlar tizimli ravishda o‘tkazib kelinmoqda.
Xususan, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Marg‘ilon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro I.R.ga tegishli yashash xonadoni belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Natijada, ushbu shaxsning xonadonidan 1233 dona psixotrop tabletkalar va boshqa dori vositalari borligi ma'lum bo‘ldi.
Ta'kidlash joizki, qonunchiligimizda bunday noqonuniy harakatlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi (“Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish”) va 276-moddasi (“Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar”)da qayd etilgan jazo choralari ko‘rilishi belgilab quyilgan.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan tergovga kadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:40 / 01.12.2025
Kurerlik jo‘natmalari orqali yuborilgan 1 kgga yaqin “gashish” fosh qilindi
10:49 / 26.11.2025
Eksport tovarlari bojxona qiymatini rasmiylashtirish bo‘yicha alohida tartib joriy etildi
10:29 / 26.11.2025
«Navoiy» chegara postida 380 ta «sa’va» qushini noqonuniy olib kirishga urinish fosh etildi
10:48 / 25.11.2025