«Vesta Electric» O‘zbekistonda tibbiy konsollar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi
Inson salomatligi – yurtimiz tinchligi garovidir. Hukumatimiz inson sog‘ligini rivojlantirish borasida ko‘plab tadbir va islohotlarni amalga oshirmoqda va ulardan eng muhimi bu shifoxona va ulardagi shart-sharoitlardir. Shuningdek, Vesta Electric korxonasi bu islohotlarga o‘z hissasini qo‘shgan holda uzoq vaqtdan beri tanish bo‘lgan «Vesta Electric» rozetkalari brendi ilk bor O‘zbekistonda besh turdagi tibbiy konsollarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi, ulardan 3 turdagisi gorizontal va 2 turdagi konsollar esa vertikal bo‘lib birinchi yordam bo‘limida, jarrohlik xonalarida, davolanish xonalarida va jonlantirish bo‘limlarida tibbiyot sohasidagi ish faoliyatini samarali foydalanish imkonini beradi.
Besh turdagi konsollar gorizontal va vertikal ko‘rinishda bo‘lib, ular:
- Devorga o‘rnatiladigan Jarrohlik vertikal va gorizontal konsol tizimi elektr va gaz ta'minoti muammolarini hal qilishga yordam beradi, turli xil tibbiy buyumlarni ergonomik joylashtirish va to‘shakda yoritishni tashkil qilish imkonini beradi.
- Anesteziologiya vertikal va gorizontal devor konsoli anesteziya gaz ta'minoti tizimini qulay va xavfsiz yetkazib berishini taminlaydi.
- Shifokorlarning va shu bilan birga bemorlarning qulayliklarini qondiradigan davolanish Palata konsollari bemor salomatligini tiklash jarayonida yordam beradi.
Vesta tibbiyot konsollari maxsus metaldan tayyorlangan bo‘lib, samarali va xavfsiz mahsulotdir.
Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun +99878 150 44 88, +99897 750 06 60 raqamlar orqali murojaat qilishingiz mumkin.
Reklama huquqi asosida