Jahon | 18:35 / 04.08.2019
5546
1 daqiqa o‘qiladi

Pokiston bosh vaziri Trampni Hindiston bilan muzokaralarda vositachilik qilishga chaqirdi

Foto: AP Photo / Thomas Peter

Pokiston bosh vaziri Imron Xon AQSh prezidenti Donald Trampni Kashmir masalasi bo‘yicha Hindiston bilan muzokaralarda vositachilik qilishga chaqirdi.

Tramp avvalroq Hindiston va Pokiston o‘rtasida vositachilik qilishga tayyorligini bildirgandi. U iyulda Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashganini, Modi unga Kashmir masalasida vositachilik qilishni taklif qilganini aytgandi. Keyinroq Hindiston tashqi ishlar vazirligi Modi bunday taklif bilan chiqmaganligini bildirdi.

Kashmir bahsli hududida keyingi vaqtda vaziyat keskinlashgan. Jumladan, iyul oxirida sodir bo‘lgan otishma natijasida Pokiston armiyasining ikki nafar harbiy xizmatchisi va bir hind askari halok bo‘ldi.

Mavzuga oid