Jahon | 07:50 / 05.08.2019
7389
2 daqiqa o‘qiladi

Belarusda prezident saylovlari o‘tkaziladigan sana belgilab olindi

Foto: Viktor Tolochko / RIA Novosti

Belarus prezidenti saylovlari 2020 yil 30 avgustda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Belarus markaziy saylov komissiyasi rahbari Lidiya Yermoshina ma'lum qildi.  

Yermoshina prezident kampaniyasi konstitutsiyada belgilangan muddatlarda o‘tishini qo‘shimcha qilgan. Uning ta'kidlashicha, 2020 yil yozining oxirgi yakshanbasiga to‘g‘ri keluvchi bu sana saylovlarni o‘tkazish uchun eng maqbul sana hisoblanadi, chunki “aksariyat aholi ro‘yxatga olingan joyida bo‘ladi”.

Iyulda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 2019 yilda muddatdan avval prezident saylovlari o‘tkazishdan voz kechgan. U shu tariqa ba'zilarning “Lukashenko 2019 yilda prezident kursisini yana uzoq vaqtga egallash uchun prezident saylovlarini imi-jimida o‘tkazib yuborishi” haqidagi gap-so‘zlariga chek qo‘ygan.

Lukashenko Belarusga 1994 yildan beri rahbarlik qiladi. U shu vaqtdan beri 4 marta prezident lavozimiga qayta saylangan. 2015 yilgi saylovlarda uning nomzodini saylovlardagi davomat 87,2 foizni tashkil qilgani holda 83,5 saylovchi qo‘llab-quvvatlagan. Uning 5-prezidentlik muddati 2020 yil oxirida poyoniga yetadi. Biroq Lukashenkoning o‘zi navbatdagi prezident saylovlarida ishtirok etishi-etmasligi haqida hali hech narsa ma'lum qilmagan.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid