«KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi» AJning sug‘urta portfeli ishonchli qayta sug‘urtalovchilar himoyasida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019 yilning 2 avgust kuni tasdiqlangan 4412-sonli Qarorida belgilangan yo‘nalishlardan biri bo‘lgan, to‘lov qobiliyatini yaxshilash va mustahkamlash yo‘nalishi bo‘yicha topshiriqlarni amalga oshirishda Lloyds bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish orqali kompaniyani jahon sug‘urta bozoriga integratsiyalashuvi amalga oshirilmoqda.
Aytish joizki, «KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi» AJ rahbariyati hamda soha mutaxassislari tomonidan uzoq muddatli izlanish va muzokaralar olib borilishi natijasida, bir qator yetakchi qayta sug‘urta kompaniyalari ishtirokida obligator qayta sug‘urta shartnomalar imzolanishiga erishildi.
Ushbu obligator shartnomalarda qayta sug‘urta yo‘nalishi bo‘yicha dunyo reytingida kuchli beshtalikka kiruvchi SCOR, Lloyd’sning 80 ta sindikatlari orasida oltitalikka kiruvchi Canopius CNP 4444 (Buyuk Britaniya) va Polshaning yetakchi qayta sug‘urta kompaniyasi hisoblangan Polish Re kompaniyalari qayta sug‘urtalovchilar sifatida ishtirok etishmoqda.
Natijada, kompaniyaning Lloyd’s sindikati bilan tuzilgan obligator shartnomalari, O‘zbekiston sug‘urta bozori o‘rtasidagi aloqalarning mustahkamlanishi va kompaniyaning mavjud bo‘lgan Halqaro reytingining nufuzini oshishida yanada ijobiy ta'sir ko‘rsatishi ayni muddao bo‘ladi.
«KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi» AJning ushbu shartnomalarni tuzishidan asosiy maqsadi, avvalo, kompaniyaning to‘lov qobiliyatini saqlash, o‘z mijozlarini ishonchli sug‘urta himoyasi bilan ta'minlashdan iboratdir.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
09:00 / 06.04.2020
Karantin davrida masofadan majburiy sug‘urtaga oid bilimlarga ega bo‘ling
19:00 / 03.04.2020
«KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi» AJ 10 kunda deyarli 1 mlrd so‘m sug‘urta qoplamalarini to‘lab berdi
16:15 / 20.08.2019
Yana bir Xalqaro oliygoh O‘zbekistonda o‘quv markazi ochish niyatida
09:00 / 20.02.2019