«KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi» AJ 10 kunda deyarli 1 mlrd so‘m sug‘urta qoplamalarini to‘lab berdi
«KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi» AJ 2020 yilning 24 martidan boshlab o‘tgan 10 kun ichida 195 ta sug‘urta da'volari bo‘yicha 968,2 mln so‘m sug‘urta qoplamalarini fuqarolarimizga va xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarga to‘lab berdi.
Jumladan, 2020 yilning 24-28 mart kunlari 94 ta sug‘urta da'volari bo‘yicha 515,6 mln so‘m sug‘urta to‘lovlari amalga oshirildi. 2020 yilning 30 mart - 2 aprel kunlari oralig‘ida esa, barcha hududlardan kelib tushgan 101 ta sug‘urta da'volari bo‘yicha 452,6 mln so‘m sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirdi.
2020 yilning o‘tgan birinchi choragi mobaynida kompaniya tomonidan 10,8 mlrd so‘m miqdorida sug‘urta qoplamalari amalga oshirildi.
Bugungi kunda mamlakatimizda e'lon qilingan koronavirus pandemiyasi davrida ham «KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi» AJ mijozlari oldida sug‘urta majburiyatlarini samarali va muddatida bajarib kelmoqda hamda aholini ijtimoiy himoyalashda o‘z hissasini qo‘shmoqda.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
09:00 / 06.04.2020
Karantin davrida masofadan majburiy sug‘urtaga oid bilimlarga ega bo‘ling
16:15 / 20.08.2019
Yana bir Xalqaro oliygoh O‘zbekistonda o‘quv markazi ochish niyatida
12:18 / 12.08.2019
«KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi» AJning sug‘urta portfeli ishonchli qayta sug‘urtalovchilar himoyasida
09:00 / 20.02.2019