«KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi» AJ vakillari Buyuk Britaniyaning London şahrida Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019 yil 2 avgust kuni tasdiqlangan PQ 4412-sonli Qarorida belgilangan yönalişlardan biri bölgan, sug‘urta bozori mutaxassislarini tayyorlaş, qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş tizimini takomillaştiriş, sug‘urta sohasida ta'lim berişning zamonaviy usullarini qöllaş, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rağbatlantiriş yönalişi böyiça Chartered Insurance Institute (CII) vakillari bilan uçraşişdi.

Uşbu oliygoh ğarbiy Yevropa mamlakatlarida nufuzli oliygoh va asosiysi, Buyuk Britaniyaning nufuzli sertifikatlaş taşkiloti sifatida ham yuritilişi va ayni Özbekiston Respublikasi hududida bunday Oliygohning oçilişi, Özbekiston sug‘urta bozorida faoliyat yuritayotgan xodimlar professional malakasini yanada oşirişda yaxşi imkoniyat yaratişi bilan birga, Halqaro standartlarga javob beradigan sug‘urta qoidalari va şartlari asosida ta'lim oliş imkoniyatini beradi.
Chartered Insurance Institute (CII) ning filialini mamlakatimizda oçişning yana bir afzalligi şuki, hozirda Oliygohning Özbekistondagi a'zolari imtihon topşiriş uçun eng yaqin imtihon topşiriş markaziga, qöşni davlat – Qozoğiston Respublikasiga borayotgan bölişsa, keyinçalik esa ular va boşqa qöşni bölgan davlatlarda joylaşgan Chartered Insurance Institute (CII) a'zolari uçun ham ayni Toşkentda imtihon topşirişlariga imkon yaratiladi.
Ma'lumot örnida aytiş joizki, institut 1873 yil 14 mart kuni Mançesterda taşkil etilgan, “Qirollik” maqomini olgan va 1912 yilda hozirgi Chartered Insurance Institute nomini olgan va Chartered Insurance Institute (CII nomi bilan ham tanilgan) sug‘urta sohasida professional taşkilot bölib, u:
- suğurtalovçilar va sug‘urta brokerlari insituti hisoblanadi;
- kasbiy öquv dasturlari taşkillaştiradi, malaka imtihonlari ötkazadi va maxsus diplomlar beradi;
- professional etika standartlarini işlab çiqadi.
Chartered Insurance Institute (CII) ning 1912 yildagi qirollik nizomida belgilangan maqsadi, öz a'zolariga va umuman sug‘urta sohasiga “Jamoatçilik işonçini ta'minlaş va oqlaş”dir. Bu esa öz navbatida, halollik, texnik vakolat va biznes imkoniyatlar uçun standart örnatiş borasida muhim ahamiyat kasb etişi aniq.












