O‘zbekiston | 14:34 / 13.08.2019
32944
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston O‘zbekiston avtomobillariga bojni pasaytirdi

Foto: KUN.UZ

Tojikiston O‘zbekistondan o‘z hududiga kiruvchi transport vositalari uchun sug‘urta bojlari stavkalarini sezilarli darajada pasaytirdi. Bu haqda News.tj xabar bermoqda.

Endilikda, O‘zbekiston fuqarolari Tojikiston hududiga yengil avtomobilda kirganlik uchun avtomashina dvigateli hajmiga qarab 15-20 somoniy to‘laydilar. Bu haqda nashrga «Tojiksug‘urta» korxonasidagi manba xabar bergan. 

Avvalroq, O‘zbekiston fuqarolari Tojikiston hududiga yengil avtomobilda kirgani uchun taxminan 52 AQSh dollar miqdorida davlat sug‘urta bojini to‘lagan, bu O‘zbekiston tomonidan avval belgilangan stavkalar bilan deyarli bir xil.

O‘zbekiston Tojikiston avtomobillariga kirish uchun stavkalarni iyun oyi o‘rtalarida pasaytirdi: 14 iyundan tojikistonliklar yengil avtomobilda qo‘shni respublika hududiga kirishi uchun taxminan 15-20 somoniy to‘laydi.

Mavzuga oid