Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muxlislar tarixdagi eng buyuk shaxmatchini tanlashdi
Norvegiyalik grossmeyster Magnus Karlsen Xalqaro shaxmat federatsiyasining (FIDE) tvitterdagi sahifasidagi ovoz berishda ishtirok etgan muxlislar talqiniga ko‘ra tarixdagi eng buyuk shaxmatchi deb tan olindi. Amaldagi chempion uchun 36 foiz ovoz berilgan.
Karlsen shaxmat tojini 2013 yildan beri o‘zida ushlab kelmoqda. U, shuningdek, uchta toifa – klassik shaxmat, rapid va blitsda mutlaq chempion bo‘lgan ilk shaxmatchi bo‘lgan. Bundan tashqari, norvegiyalik FIDE reytingiga yetakchilik qilgan eng yosh shaxmatchi hisoblanadi. O‘shanda u 19 yosh bir oylik bo‘lgan.

2-o‘rinni rossiyalik grossmeyster Gari Kasparov (28 foiz ovoz), 3-o‘rinni amerikalik Bobbi Fisher (25 foiz ovoz) egallagan.
11 foiz respondentlar “boshqa shaxmatchi” varianti uchun ovoz berishgan. Ovoz berishga qo‘yilmagan shaxmatchilar orasida Vishvanatan Anand eng ko‘p esga olingan.
So‘rovnomada 500 dan ko‘proq odam ishtirok etgan.
Mavzuga oid
19:23 / 17.04.2026
Prezident Sindorovga «Mehnat shuhrati» ordenini shaxsan topshirdi
18:33 / 15.04.2026
Sindorov turnirni yana bir rekord bilan yakunladi
16:31 / 15.04.2026
“G‘ururlanaman, sen qahramonimizsan” - Shavkat Mirziyoyev Javohir Sindorovni shaxsan tabrikladi
12:05 / 15.04.2026