216 million so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori-darmonlar to‘xtatib qolindi
Respublikamizga sifati kafolatlanmagan dori-darmon vositalarini noqonuniy olib kirish holatlariga qarshi bojxona xodimlari samarali kurash olib borishmoqda.
Jumladan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizligi xizmati Namangan viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Namangan shahrida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Tadbir davomida, fuqaro X.S. boshqaruvidagi “GAZ-2834” rusumli yuk avtomashinasi belgilangan tartibda Namangan shahri I.Karimov ko‘chasida to‘xtatilib xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Natijada, ushbu yuk mashinasida xorijda ishlab chiqarilgan, hech qanday bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 216 million so‘mlik 5434 ta qadoqdagi dori-darmon vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:10 / 15.11.2024
Toshkentda dorilar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi
12:30 / 10.10.2024
Dorilarning postmarketing nazorati o‘tkaziladi
14:00 / 04.10.2024
To‘rt hududda kuchli dori vositalari savdosi fosh etildi
13:30 / 17.09.2024