Jahon | 22:43 / 24.08.2019
7090
1 daqiqa o‘qiladi
Britaniyaning Defender esminetsi savdo kemalarini qo‘riqlash uchun Hurmuz bo‘g‘oziga yuborildi
Britaniyaning HMS Defender esminetsi Hurmuz bo‘g‘ozida xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha AQSh boshchiligidagi dengiz missiyasiga qo‘shiladi. Bu haqda Qirollik harbiy-dengiz kuchlari matbuot xizmati xabar qildi.
Birlashgan Qirollik mudofaa vaziri Ben Uollesning aytishicha, "Buyuk Britaniya kemalar erkinligini har doim himoya qilishga tayyor".
Avvalroq Davlat departamenti Vashington Fors ko‘rfazi hududida kemalar erkinligini ta'minlash uchun koalitsiya tuzayotganini ma'lum qilgandi. 23 iyul kuni AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo koalitsiyaga turli hududlardagi davlatlarning qo‘shilishini taklif qilgandi.
Mavzuga oid
15:20 / 14.11.2024
O‘zbekistonda yetishtirilgan meva va sabzavotlar Britaniya bozoriga eksport qilinadi
13:07 / 09.11.2024
Qozog‘iston Britaniya sanksiyalariga duchor bo‘lgan kompaniyalari haqida izoh berdi
17:59 / 08.11.2024
Britaniyada erkak gazli ichimliklarga qaramlikdan qutulish uchun gipnozdan foydalandi
09:05 / 07.11.2024