Senatda hokimlik va vazirliklarga qilingan qo‘ng‘iroqlar javobsiz qolishi tanqid qilindi
Senatning 21-yalpi majlisida vazirliklar va mahalliy hokimliklarga qilingan qo‘ng‘iroqlarga javob berilmasligi kabi holatlar tanqid ostiga olindi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevning fikricha, go‘shakni ko‘tarmaslik – biznes etikaning yo‘qligidan dalolat beradi.
«Qabul qilingan qarorlar ayrim holatlarda bajarilmayotgani haqida xorijiy investor va mahalliy tadbirkorlar tomonidan tanqidiy misollar ko‘pgina keltirilmoqda.
Tushunamiz, vaziyat o‘zgargan bo‘lishi mumkin. Yangi takliflar paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Lekin qaror qabul qildikmi – lafz bor. Uni yoki tushuntirishimiz kerak, yoki murosaga kirishimiz kerak.
Ular bergan xatlarga javob berilmayapti. Shunday faktlar bor. Hokimiyatlarda, vazirliklarda telefon qilinganida olinmaydi. Telefonga javob bermaslik – bu biznes etikaning yo‘qligidan dalolat beradi. Bunga barham berishimiz kerak.
Vaqtni cho‘zib, bu o‘zidan o‘zi yechilib ketadi, degan fikr noto‘g‘ri. Qochib yurish – noto‘g‘ri siyosat. Birinchidan, xorijiy investorlarga salbiy signal beradi. Ikkinchidan, baribir bir kunmas bir kun bu nihoyatda katta muammolarga olib kelishi muqarrar», – deb fikr bildirdi Safoyev.
Mavzuga oid
12:30 / 06.11.2024
AQShda Trampning respublikachilari Senatda ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi
15:20 / 26.10.2024
«O‘zbekistonning BRICS'ga a’zo bo‘lishi kun tartibida emas» – Sodiq Safoyev
15:55 / 24.10.2024
“5 yilda 440 ga yaqin qonun muhokama qilindi” - Senat raisi
13:38 / 23.10.2024