Xalqaro hamkorlik taşabbuslari haftaligi öz nihoyasiga yetdi. Sönggi davra suhbati Özbekistonning taşqi siyosati xususida böldi. Unda qatnaşganlar Afğoniston, Ukraina uruşi, mintaqaviy hamkorlik, Yaqin Şarqdagi voqealar, diplomatik muloqot va boşqa şu kabi mavzularda suhbatlaşdi. Kun.uz jurnalisti sessiyadan material tayyorladi.
Bu sessiyani CNN telekanalining Londondagi ofisi jurnalisti Salma Abdelaziz olib bordi. Avvalo moderator Özbekistonning yonida Afğonistondagi vaziyat, qismatdoş davlati Ukrainadagi uruş hamda şundan kelib çiqib Özbekistonning taşqi siyosati qanday bölişi xususida söradi. Senat raisining birinçi örinbosari bugungi Özbekiston dunyoga oçiqligini gapirdi. Çegara masalalari böyiça Toşkent qöşnilari bilan murosa va yeçimni topa olganini qöşimça qildi.
Özbekiston taşqi işlar vaziri örinbosari Bahromjon A’loyev esa rasmiy Toşkent dunyo böylab hamkorlari sonini köpaytirayotganini ta’kidladi. Biz hattoki, Afrika davlatlari bilan yaqin muloqotni yölga qöyganmiz, deydi vazir örinbosari. Bundan taşqari, Yaqin Şarq mintaqasi bilan dialog özgargan. Yaqin yillargaça bu mintaqa bilan faqat diplomatik aloqalar miqyosida muloqot bilan çeklanilgan, hozir esa iqtisodiy muhim kelişuvlarga erişyapmiz, deydi sessiya qatnaşçilari.
Özbekiston prezidentining Afğoniston böyiça maxsus vakili Ismatulla Irgaşev esa Toşkent Afğonistonga yordamni uzmasligi, loyihalar davom etişi, bu borada respublika uzoqdagi qarindoşdan yaqindagi qöşni yaxşi tamoyili bilan işlaşini ma’lum qildi.
Safoyev Kun.uz jurnalistining BRICS'ga a’zolik haqidagi savoliga javob berarkan, Özbekistonda bu masala kun tartibida emasligini ma’lum qildi. Hozirça bu haqida gap-söz yöq, yagona valuta haqida ham gapirişga erta, deydi Senat raisining birinçi örinbosari.
Prezidentning Afğoniston böyiça maxsus vakilidan esa Qöştepa kanali xususida söradik. Irgaşevga köra, bu mavzuda «Tolibon» bilan qarama-qarşilikka borilmaydi.
Qöştepa kanalidan foydalanişga afğon xalqining ham haqqi bor, bu xususida oramizda biror masala yöq. Masala qaysi davlat qança foydalanişi va daryoning qurib borişini inobatga olgan holda undan foydalaniş kvotasida, deydi Irgaşev.
Tadbirda xorijiy davlatlarning Özbekistondagi diplomatik korpus vakillari, xalqaro taşkilotlar rasmiylari, saylovni kuzatişga kelgan kuzatuvçilar ham qatnaşdi.















