Jahon | 00:46 / 27.08.2019
8653
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Eron prezidenti bilan uchrashishga qarshimasligini aytdi 

AQSh prezidenti Donald Tramp agar to‘g‘ri sharoitlar yuzaga kelsa, Eron prezidenti Hasan Ruhoniy bilan uchrashishi mumkinligini aytdi.

“Agar sharoitlar to‘g‘ri, maqbul bo‘lsa, men, albatta, bunga rozi bo‘lardim”, deb aytgan Tramp Fransiya prezidenti bilan matbuot anjumanda jurnalistlarning savollariga javoban.

“Biz Eronda tuzumning o‘zgarishini emas, yadro quroli, ballistik raketa bo‘lmasligini istaymiz”, deb qo‘shimcha qilgan AQSh prezidenti. 

Tramp, shuningdek, Makron unga Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarifning G7 sammiti vaqtida u o‘tgan Biarritsga kelishi haqida Zarif kelishidan ancha oldin xabardor qilganini aytgan.

AQSh prezidenti kelgusida unga Vashingtonni Eron yadro kelishuvidan chiqargani uchun hali minnatdorlik bildirishlarini ta'kidlab o‘tgan.  

“O‘ylashimcha, kelishuvning tuzilishini istagan davlatlar men qilgan ishni borgan sari ma'qullamoqdalar. Bu davlatlar bir kun kelib menga rahmat aytadilar, deb o‘ylayman”, degan Tramp.

Prezident Vashingtonning bu harakatlari to‘g‘ri, kelishuv esa yomon bo‘lganini va shu sababli Tehron bilan yangi kelishuv tuzilishiga erishmoqchiligini qo‘shimcha qilgan. 

May oyida Ruhoniy AQSh rahbariyati bilan muzokaralarga qarshi emasligini aytgan. Biroq buning uchun Vashington Tehrondan sanksiyalarni olishi va “Eron xalqini tahqirlashni bas qilishi kerakligini” ta'kidlab o‘tgan.

Mavzuga oid