O‘zbekiston | 22:00 / 01.09.2019
29272
2 daqiqa o‘qiladi

Fotoreportaj: Ikkinchi jahon urushining 80 yilligi marosimlari Kun.uz nigohida

Polshada 1 sentabr kuni Ikkinchi jahon urushi boshlanganining 80 yilligiga bag‘ishlangan xotira tadbiri bo‘lib o‘tdi. 

Marosimda Polsha prezidenti Andjyey Duda va Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer, Germaniya kansleri Angela Merkel, AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens, shuningdek jami 40dan ortiq davlat delegatsiyalari vakillari, jumladan Albaniya, Bolgariya, Vengriya, Germaniya, Gruziya, Islandiya, Latviya, Malta, Slovakiya, Sloveniya, Ukraina, Chernogoriya, Chexiya, Xorvatiya va Estoniya prezidentlari qatnashdi. AQSh prezidenti «Dorian» to‘foni tufayli safarga chiqmadi va o‘rniga vitse-prezidentni yubordi, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri Boris Jonson ham Polshaga kelmadi.

Ikkinchi jahon urushida qariyb 6 million polshalik halok bo‘lgan. 80 yil o‘tib ham Polsha Germaniyadan yetkazilgan zararlar uchun kompensatsiya talab qiladi.

«Kun.uz» muxbiri ham Varshavada bo‘ldi va xotira marosimidan fotoreportaj tayyorladi. 

Delegatsiyalar maydonga kirib kelmoqda
Urush davri zambaraklari
Mehmonlarning xavfsizligi yuqori darajada ta'minlandi
Harbiy arboblar o‘z joyiga yo‘l olmoqda
Mehmonlar joyiga kuzatilmoqda
Germaniya kansleri Angela Merkel va Polsha bosh vaziri Mateush Moravetskiy

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy
Chexiya prezidenti Milosh Zeman
Mayk Pens boshchiligidagi Amerika delegatsiyasi
Mayk Pens Polsha rahbari Andjyey Duda bilan

Polsha prezidenti Anjyey Duda

Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer
AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens