Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib chiqilishi muddati kelishib olindi
Foto: Omar Sobhani / Reuters
AQShning “Tolibon” harakati bilan kelishuvi loyihasi AQSh qo‘shinlarining Afg‘onistondan 4,5 oy davomida olib chiqilishini ko‘zda tutadi. Bu haqda AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod ma'lum qildi.
Xalilzodning aytishicha, kelishuv imzolangandan keyin “AQSh kuchlari 5 ta bazani 135 kun davomida tark etadi”. Uning ta'kidlashicha, tomonlar muhim kelishuvga erishishgan, biroq uni AQSh prezidenti Donald Tramp imzolamaguncha u yakuniy hisoblanmaydi.
Shu bilan birga Afg‘oniston prezidenti maslahatchisi Vohid Umar kelishuv loyihasi prezident Ashraf G‘ani Ahmadzoyga taqdim qilinganini ma'lum qilgan. Ahmadzoy o‘z navbatida Xalilzod bilan uchrashgan va AQSh maxsus vakili unga AQSh va “Tolibon” o‘rtasidagi oxirgi muzokaralar haqida so‘zlab bergan.
AQSh oxirgi oylarda Afg‘onistonda o‘t ochishni to‘xtatish va xorijiy qo‘shinlarni olib chiqish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqla.
“Tolibon” harakati Afg‘onistonda fuqarolik urushi avj olgan vaqt – 1994 yilda tashkil topgan. 1996-2001 yillar davomida toliblar hokimiyatni egallashgan, biroq 2001 yilda ag‘darilgandan keyin hukumat qo‘shinlari va NATO kuchlari bilan partizan urushini boshlagan. Ayni vaqtda toliblar va Afg‘oniston hukumati siyosiy murosaga erishish yo‘llarini qidirishmoqda.
Mavzuga oid
08:33
Obama nima uchun AQSh o‘zga sayyoraliklarni yashira olmasligini tushuntirdi
08:24
Epshteynning o‘limidan oldingi ehtimoliy xati surati e’lon qilindi
23:45 / 06.05.2026
Eron yana BAAga raketa otdi: Tehron Trampni mensimayaptimi?
21:16 / 06.05.2026