Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalq ta'limi vazirligi Toshkentdagi 180-maktab bo‘yicha vaziyatga aniqlik kiritdi
Toshkent shahri, Shayxontohur tumanidagi 180-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabiga Toshkent avtomobil yo‘llari kasb-hunar kollejining bo‘sh turgan binosi vaqtinchalik foydalanishga beriladi. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi xabar qilmoqda.
Bildirilishicha, 180-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi binosi 1963 yilda qurilgan bo‘lib, ta'lim maskani 964 o‘ringa mo‘ljallangan. Hozirgi kunda maktabda 2021 o‘quvchi tahsil olmoqda.
O‘tgan o‘quv yilida 167-sonli (180A) davlat umumta'lim muassasasi 180-IDUMga tarmoq maktabi sifatida biriktirilgan. Mazkur maktab 520 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lsa-da, o‘quvchilar soni ko‘paygan.
O‘quvchilarga ta'lim olish uchun sharoit yaratish maqsadida 180-ixtisoslashtirilgan maktabga 1,2 ming o‘ringa mo‘ljallangan Toshkent avtomobil yo‘llari kasb-hunar kolleji binosidan 2019-2020 o‘quv yilida vaqtinchalik foydalanish imkoniyati berildi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
17:21 / 30.04.2025
Toshkentning Shayxontohur tumani hokimligi binosi sotuvga qo‘yildi
16:30 / 20.04.2025
Toshkentda fuqarolarga pichoq bilan tahdid qilgan mast erkak 10 sutkaga qamaldi
14:51 / 11.04.2025
Toshkentda qutqaruvchilar uy ichida qulflanib qolgan 1 yoshli bolaga yordam ko‘rsatdi
14:10 / 20.02.2025