Davlat aktivlarini boşqariş agentligi Toşkent şahri, Şayxontohur tumani hokimligi binosini E-auksion elektron platformaga joylaştirdi. Binoning boşlanğiç bahosi 101 milliard 652 million söm miqdorida belgilangan. Uning maydoni 7382 kv.m.ni taşkil qiladi.

Qayd qilinişiça, xaridor obekt negizida zamonaviy mehmonxona qurişi va sotiş narxining dastlabki qismini kamida 50 foiz miqdorida darhol tölab berişi lozim.

Binoni sotib oliş uçun arizalar 26 may soat 9:00 gaça qabul qilinadi, natijalar 26 may kuni soat 10:00 da e’lon qilinadi. Obekt Şayxontohur tumani hokimligi tomonidan 2025 yil 1 iyulga qadar böşatilgandan söng, xaridor undan foydalaniş huquqini qölga kiritadi.