Deputatlar Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqyapti
Amaldagi qonun hujjatlariga binoan, Vazirlar Mahkamasi a'zolari, vazirlar lavozimga tayinlanishidan avval ularning nomzodi avvalo Oliy Majlis Qonunchilik palatasida deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilib, ma'qullanadi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida tarkib topgan yangi amaliyotga muvofiq, ayni daqiqalarda siyosiy partiyalar fraksiyalari hamda Ekoharakat deputatlik guruhida deputatlar Hukumat a'zoligiga tayinlanayotgan nomzodni ko‘rib chiqyaptilar.
Bu gal O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimiga nomzod muhokamasi o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimiga ayni paytda Toshkent shahri Sergeli tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Nozim Husanovning nomzodi ko‘rsatilgan.
Fraksiyalar yig‘ilishlarida N.Husanov deputatlar tomondan ko‘tarilgan savollarga atroflicha javob qaytardi hamda ular e'tiboriga mazkur lavozimga kirishganidan so‘ng fuqarolar bandligini ta'minlash sohasidagi islohotlarning samaradorligini oshirish maqsadida kelgusida qiladigan ishlari bo‘yicha o‘z Harakatlar dasturi haqida atroflicha axborot berdi.
Ushbu masala bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi majlisida batafsil ko‘rib chiqiladi.
Bundan oldin, Toshkent shahrining Sergeli tumani hokimi Nozim Husanov O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri etib tayinlanishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
11:38 / 11.04.2023
Nozim Husanov vazir o‘rinbosarligidan ketdi
19:01 / 17.01.2023
“Sobiq vazirning so‘zlari noto‘g‘ri” - yapon kompaniyasi rahbari
21:30 / 07.01.2023
Janubiy Koreyaga ishga borishdagi korrupsiya – nega migratsiya mas’ullari qishloqlarga kirib bormagan? Sobiq vazir bilan intervyu
18:43 / 21.12.2021