Nozim Husanov vazir o‘rinbosarligidan ketdi
Bungacha Tashqi migratsiya agentligida hibsga olishlar to‘lqini kuzatilgandi.

Foto: Kun.uz
Nozim Baxtiyorovich Husanov O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Davlat boshqaruvi telegram-kanali xabar bermoqda.
Iste’fo sababi hozircha ma’lum emas.
Nozim Husanov 1976 yil Toshkent viloyatining Zangiota tumanida tug‘ilgan, 1997 yilda Toshkent avtomobil-yo‘llar institutini, 2002 yilda Toshkent moliya institutini (sirtqi bo‘lim) tamomlagan.
U 2010—2013 yillarda Markaziy bankda ishlagan, xususan MB raisi o‘rinbosari bo‘lgan, 2013—2014 yillarda Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari, 2014—2016 yillarda «Mikrokreditbank» boshqaruvi raisi bo‘lgan, 2016—2018 yillarda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari, 2018 yil aprelidan Sergeli tumani hokimi bo‘lgan, 2019 yil sentabrida Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri etib tayinlanadi.
2022 yil oxirida hukumatdagi ma’muriy islohotlar doirasida uchta vazirlik – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi negizida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi rahbarligi tashkil etilgan, Nozim Husanov esa vazir Behzod Musayevning birinchi o‘rinbosariga aylangandi.
Bungacha Tashqi migratsiya agentligida qator xodimlar hibsga olingandi. Xususan, joriy yil boshida vazirlikning agentlik ustidan nazorat qilishga mas’ul boshqarma boshlig‘i qamoqqa olingandi. U migrantlarga aviachipta ustiga narx qo‘yib sotish orqali firibgarlik qilishda gumon qilinayotgandi.
Ko‘p o‘tmay agentlik rahbari Afzal Irmatov Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha ayblanib, hibsga olingani ma’lum bo‘ldi.
Ma’lum bo‘lishicha, agentlikdagi hibsga olishlar bilan vazirlik mulozimining qamoqqa olinishi Janubiy Koreyaga ishga yuborish jarayonida yo‘lga qo‘yilgan korrupsion sxemaning fosh bo‘lishi bilan bog‘liq.
10 aprel kuni esa Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining ikki mansabdori — Jizzax hamda Sirdaryo viloyatlari bosh boshqarmalari mansabdor shaxslari o‘z vakolatlaridan foydalangan holda pora olayotgan vaqtida qo‘lga olingani xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Vatikan Rim papasining o‘limi sababi va uning vasiyatini e’lon qildi
Jahon | 01:05
-
Kreml AQShni «katta bitim»ga jalb qilib, Trampni qiziqtiradigan takliflarni qidirmoqda - OAV
Jahon | 00:45
-
Xitoyda 9 yoshli qiz 25-qavatdan tushib ketib omon qoldi
Jahon | 00:22
-
Orlandoda yo‘lovchi samolyotida yong‘in chiqdi
Jahon | 23:54 / 21.04.2025
Mavzuga oid

16:18 / 07.03.2025
Xudoyor Meliyev adliya vaziri o‘rinbosari lavozimidan ketdi

19:00 / 05.03.2025
Ichki ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Shavkat Rahmonov ishdan ketgan

12:30 / 03.03.2025
Po‘lat Bobojonov IIV rahbarligidan ketdi

14:19 / 28.11.2024