21 dekabr kuni ötkazilgan Toşkent yoşlar forumida Mehnat vaziri Nozim Husanov iştirok etdi. Vazirga berilgan savollardan biri Özbekistondagi ayrim taşkilotlarda iş vaqti tugasa-da, boşliq ketişini kutadigan yoki belgilangan vaqtdan köp işlaydigan xodimlar töğrisida böldi. Ularga qanday yordam berasizlar, deya vazirlik rahbariga yuzlandi yoşlardan biri.

Nozim Husanovga köra, barça işçi-xodimlar öz huquqlarini bilişlari va undan foydalana olişlari kerak. 

 “Blogerlar taşkilotlarga borib mana soat 21:00, çiroqlar yoniq turibdi, xodimlar hali ham işlayapti, deb muammoni yoritişmoqda. Bu borada işçi-xodimlar huquqiy ongini oşirişimiz kerak. Har bir xodim işga kirayotganda mehnat şartnomasi imzolaydi. Hujjatning iş vaqti, iş haqi va ijtimoiy himoya masalalari böyiça 3 ta asosiy tomoni bor. Heç qaysi mehnat şartnomasida soat keçki 22 gaça yoki dam oliş kuni işlaş degan joyi yöq.

Mehnat qonunçiligida 8 soatli iş vaqti belgilangan va bu umumiy tajribadagi soat 9:00 dan 18:00 gaça böladi.

Fuqarolarning haq-huquqi bor, iş vaqti tugadimi – işni tark etiş kerak. Qaçonki, iş beruvçi tomonidan işdan vaqtli ketib qolding, degan tazyiq bölsa, unda bizning vazirlikdagi mehnat inspeksiyasiga murojaat qiliş mumkin. Biz ularning haq-huquqlarini himoya qilamiz.

Har bir xodim öz haq-huquqidan foydalana bilişi kerak. Agar u haq-huquqini özi himoya qilişni boşlamasa, bu narsani tartibga soliş qiyin”, – deya vazir sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Qayd etilişiça, ayni paytda respublikada 521 mingta taşkilot bor. Ularning hammasiga bittadan qorovul qöyişning iloji yöq. Qaçonki işçi-xodimlar öz haq-huquqlarini talab qilsagina, mehnat qonunçiligiga amal qiliş tartibga tuşadi.

Avvalroq, Nozim Husanov Kun.uz'ga bergan intervyusida vatandoşlarni çet ellarga işga yuboriş böyiça vazifalar ijrosi va yangi rejalar haqida gapirgandi.