O‘zbekiston | 19:29 / 12.09.2019
22375
1 daqiqa o‘qiladi
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markaziga yangi rahbar tayinlandi
Hukumat qarori bilan shoir Minhojiddin Xodjimatov Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari etib tayinlandi.
U bu lavozimda avvalroq «Milliy tiklanish» partiyasi Markaziy kengashi raisligiga saylangani munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan Alisher Qodirov o‘rnini egalladi.
Minhojiddin Xodjimatov 2013—2014 yillarda O‘zbekiston madaniyat va sport ishlari vaziri, O‘zMTRK hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.