Bugun, 22 may kuni Özbekiston «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasining navbatdan taşqari plenumi bölib ötdi va unda partiyaning yangi rahbari saylandi.

Kun.uz manbasining tasdiqlaşiça, endilikda partiyaga Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati, «Milliy tiklaniş» partiyasining palatadagi fraksiyasi a'zosi Alişer Qodirov rahbarlik qiladi.

Alişer Qodirov 1975 yilda tuğilgan. 1996 yilda Turkiyadagi Egey universitetini, 2009 yilda Toşkent moliya institutini (sirtdan) va 2011 yilda Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasini tamomlagan.

Alişer Qodirov 2017 yilning avgustidan buyon Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari sifatida faoliyat körsatayotgandi.

Bundan avvalroq «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi markaziy kengaşi raisi Sarvar Otamurodov lavozimini tark etgani va «Özagrosuğurta»​ aksionerlik jamiyati rahbari lavozimida iş boşlagani xabar qilingandi.