Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ricomel Beverages tabiiy sharbatli premium ichimliklarni taklif etadi
So‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston gazli va gazsiz ichimliklar bozorida mahsulotlar soni keskin oshdi. Do‘kon yoki supermarket peshtaxtalarini aylanar ekansiz, ularning soni va turi ko‘pligidan aqlingiz shoshadi. Biroq ularning barchasi ham tabiiy mahsulotlardan tayyorlangan, deb bo‘lmaydi.
Qolaversa, gazlangan ichimliklar xususida har xil tibbiy ma'lumotlarning oshkor etilayotgani iste'molchilar orasida tabiiy sharbatli gazlanmagan ichimliklarga bo‘lgan e'tiborni kuchaytiradi. Shu onda, peshtaxtalarda taklifning ko‘pligidan shoshib qolgan xaridor qaysi ichimlikni savatchaga solishda bir on o‘ylanib qolishi tabiiy.

Shu o‘rinda sizga premium toifasidagi ichimliklarni ishlab chiqaruvchi Ricomel Beverages mahsulotlarini eslatib o‘tish ayni muddao.
2009 yilda tashkil topib, O‘zbekistonga 10 yildan ortiq vaqtdan buyon o‘zining sifatli, asosiysi, tabiiy sharbat asosida tayyorlangan gazsiz ichimliklarini yetkazib berayotgan kompaniya yillar davomida o‘z mahsulotlarining barcha sog‘lom ichimliklar uchun belgilangan talablarga javob berishiga harakat qilib kelmoqda.


Bugungi kunda O‘zbekiston bozoridan tashqari, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonga o‘z mahsulotlarini yetkazib berayotgan kompaniya 15 turdagi Dinay ichimliklarini ishlab chiqarish bilan birga, yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqish ustida ham tinimsiz izlanishlar olib bormoqda.
NRJ Xtrim, RicoLA Traditional, RicoLA Cherry va RicoLA Ice Coffee ichimliklari ham kompaniyaning o‘z an'analariga sodiq qolgan holda yangi taklif etayotgan ichimliklari hisoblanadi.
Siz dastlabki kolalar mazasi qanday bo‘lganini tatib ko‘rishni istasangiz Ricola Traditional aynan siz uchun. Chunki, dastavval, kola ichimliklari kola yong‘oqlari va koka o‘simligi asosida tayyorlangan, gazsiz ichimlik bo‘lgan.


RicoLA Cherry va RicoLA Ice Coffee olcha hamda qahva ta'mli ichimliklar bo‘lib, yangi ta'mdagi, shu bilan birga, tabiiy sharbat negizida tayyorlangani bilan boshqa turdosh ichimliklardan farq qiladi va eng asosiysi, kompaniya mahsulotlarini yosh bolalar va homilador ayollarga ham bexavotir tavsiya qilish mumkin.


Kompaniya quvvat beruvchi ichimliklar bozorida ham o‘zining tabiiy sharbat asosidagi NRJ Xtrim ichimliklarini taklif etadi. Ushbu ichimliklar gazlanmagani, tabiiy ingrediyentlardan tayyorlangani sababli ham sog‘lom ichimlik hisoblanadi. NRJ Xtrim ichimligi nafaqat tabiiy sharbat asosida tayyorlangan, balki uning tarkibida taurin moddasi ham yo‘q. Taurin odatda ko‘plab energetik ichimliklar tarkibida uchraydi va kunlik belgilangan me'yordan (sutkasiga 3 grammgacha) ko‘p iste'mol qilinganda inson sog‘lig‘i uchun zararli oqibatlarga olib kelishi mumkin. NRJ Xtrim ichimligida esa inson organizmi uchun foydali 4 ta turdagi V vitamini mavjud.
Instagram: @dinay.uzbekistan
Facebook: fb.com/Dinayuz
Ricomel Beverages
Reklama huquqi asosida