Jahon | 19:38 / 21.09.2019
10700
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Saudiya Arabistonini himoya qilish uchun Fors ko‘rfazida esminetsini joylashtirdi

AQSh Saudiya Arabistonining shimoli-sharqiy havo kengliklarini mudofaa qilish uchun Fors ko‘rfaziga raketaga qarshi mudofaa tizimi bilan jihozlangan USS Nitze ("Nitse") esminetsini yubordi. Bu haqda CBS telekanali xabar berdi.

AQShning ta'kidlashicha, Eron 14 sentabr kuni Saudiya Arabistonining shimoli-sharqiy havo kengliklari orqali qirollik neft korxonalariga zarba bergan.

Nitze esminetsi 500 km masofaga uchuvchi 74 ta SM-3 raketaga qarshi raketalari hamda 1,6 ming km masofadagi nishonni yo‘q qiluvchi Tomahawk ("Tomagavk") raketalari bilan jihozlangan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, hozirda Fors ko‘rfazi janubida AQShning yana bir USS Gonzalez ("Gonsales") esminetsi joylashgan. Yana bir esminetsi esa Fors ko‘rfazining markaziy qismida turibdi.

Bundan tashqari, Ummon ko‘rfazida USS Abraham Lincoln ("Avraam Linkoln") atom aviatashuvchisi, raketali kreyser va ikkita esminetsdan iborat zarba beruvchi guruh joylashtirilgan.

Mavzuga oid