Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Opel»dagi sayohat nihoyasiga yetdi
Bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi bojxona organlari tomonidan samarali kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan navbatdagi qonunbuzarning uddaburonligiga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Xorijiy fuqaro S.N. tomonidan 8 avgust kuni olib kirilgan, qiymati 60 million so‘mlik “OPeL ZAFIRA” rusumli yengil avtomashina mamlakatimiz hududida fuqaro S.Sh.ga noqonuniy tarzda sotilgani va fuqaro S.Sh. tomonidan avtomashina hech qanday tegishli hujjatlarsiz boshqarib yurilganligi aniqlandi.
Avtomashina vaqtincha saqlovga olinib, holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
21:11 / 30.05.2026
Farg‘onada 1 mlrd 247 mln so‘mlik dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
08:34 / 22.05.2026
Qayta ishlangan mahsulotlarga bojxona imtiyozlari qo‘llanadi
18:32 / 15.05.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston bojxonachilari chegara postlaridagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
12:01 / 01.05.2026