Bojxona qonunbuzilişi holatlariga qarşi bojxona organlari tomonidan samarali kuraş olib borilmoqda.

 Jumladan, Surxondaryo viloyati bojxona boşqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunçiligi buzilişiga qarşi kuraşiş bölimi xodimlari tomonidan navbatdagi qonunbuzarning uddaburonligiga çek qöyildi. Bu haqda Davlat bojxona qömitasi axborot xizmati xabar bermoqda

 Xorijiy fuqaro S.N. tomonidan 8 avgust kuni olib kirilgan, qiymati 60 million sömlik “OPeL ZAFIRA” rusumli yengil avtomaşina mamlakatimiz hududida fuqaro S.Ş.ga noqonuniy tarzda sotilgani va fuqaro S.Ş. tomonidan avtomaşina heç qanday tegişli hujjatlarsiz boşqarib yurilganligi aniqlandi.

 Avtomaşina vaqtinça saqlovga olinib, holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan suriştiruv harakatlari davom ettirilmoqda.