Husiychilar Eron Saudiya Arabistoniga yana hujum qilishga tayyorlanayotgani to‘g‘risida ogohlantirishdi
Yamandagi isyonchi husiychilar AQSh va Saudiya Arabistoni diplomatlarini Eron raketa va dronlar yordamida qirollik obektlariga hujum qilishga tayyorlanayotgani to‘g‘risida ogohlantirishdi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib The Wall Street Journal xabar berdi.
Ma'lumot berilishicha, isyonchilar diplomatlarga Tehron ularni tayyorlanayotgan hujumlarga qo‘shilishga majburlab bosim o‘tkazayotganligini aytishgan. Ar-Riyod qo‘shimcha xavfsizlik choralarini ko‘rmoqda.
Nashrning yozishicha, husiychilar tinchlikka erishish tashabbusi doirasida Saudiya Arabistoniga hujumlar uyushtirishni to‘xtatish niyatida ekanliklarini ma'lum qilishgan.
Husiychilar vakili Muhammad Abdul Salom xorijiy diplomatlarni ogohlantirishgani haqidagi xabarni rad etgan.
Mavzuga oid
16:56
AQSh saylovlarida respublikachilar Kongressda ko‘pchilikni qo‘lga kiritdi
15:46
“Abadiy ximikatlar” yoshlarda buyrak shikastlanishiga olib kelishi mumkin - tadqiqot
15:42
Rossiyadan Venesuelagacha: tabiiy boyliklar bo‘yicha eng boy davlatlar
10:31