Jamiyat | 21:18 / 25.09.2019
8185
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning Rostov-Don shahrida «Palov festivali» o‘tkazildi

22 sentabr kuni Rossiyaning Rostov-Don shahrida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan «Palov festivali» o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh konsulligi tomonidan Kun.uz’ga ma'lum qilindi.

O‘zbekiston Bosh konsulligi, «Rostov Yalla» restorani, shuningdek, Astraxan, Maxachqal'a va Rostov-Don shaharlaridagi o‘zbek diasporalari hamkorligida o‘tkazilgan mazkur festival doirasida o‘zbek palovining Toshkent, Andijon va Xorazmcha (jami 80 kg) turlari tayyorlangan.

Festival tadbirlari doirasida shuningdek, Astraxandagi o‘zbek diasporasi vakillari tomonidan o‘zbek milliy kuy-qo‘shiqlari ham ijro etilgan.

Xabarda qo‘shimcha qilinishicha, mehmonlar tomonidan «Palov festivali» yuqori darajada o‘tgani aytilib, o‘zbek xalqining mehmondo‘stlik fazilati alohida ta'kidlangan.

Shu kabi festivallar Bosh konsullik tomonidan kelgusida, Navro‘z va Mustaqillik bayrami arafasida ham o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.