O‘zbekiston | 11:35 / 27.09.2019
5393
1 daqiqa o‘qiladi

Botken viloyatida Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston hamkorligida o‘quv mashqlari o‘tkazildi

Joriy yilning 24-25 sentabr kunlari Qirg‘iziston Respublikasi Botken tumanida “Qirg‘izistonning Botken viloyati hududida tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda Qirg‘iziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi boshqaruv organlari, kuch va vositalarining hamkorlikdagi harakati" mavzusida hamkorlikdagi o‘quv mashqlari o‘tkazildi.

FVV xabariga ko‘ra, o‘tkazilgan o‘quv mashqlarining asosiy maqsadi Markaziy Osiyoda vayronkor zilzila natijasida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha Qirg‘iziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarining tayyorgarlik darajasini oshirishdan iborat bo‘ldi.

Ta'kidlanishicha, mashg‘ulotda O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Tojikiston Respublikasi Tojikiston Respublikasi hukumati qoshidagi Favqulodda vaziyatlar va fuqarolar mudofaasi qo‘mitasi yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari ishtirok etdi.

Mavzuga oid