Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Sitroyen»dagi noqonuniy safar yakuniga yetdi
Bojxona organlari tomonidan bojxona qonunbuzilishiga qarshi kurash yo‘nalishida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Navoiy viloyatida o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida, fuqaro A.K. boshqaruvidagi “Sitroyen S-5” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, avtomashinaning hujjatlari belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Natijada, qo‘shni mamlakatdan olib kirilgan avtotransport vositasini olib chiqib ketish bo‘yicha majburiyatnoma muddati 22 kun avval tugaganligi aniqlandi.
Mazkur holatda jami 4 million so‘mdan ortiq to‘lov undirilishi lozimligi ma'lum bo‘ldi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ta'kidlash joizki, amaldagi qonunchilikka ko‘ra, xorijiy fuqarolar tomonidan chet davlatda ro‘yxatdan o‘tgan avtotransport vositalarini mamlakatimiz hududida 1 kalendar yil mobaynida 90 kungacha bo‘lgan muddatda bojxona to‘lovlaridan ozod etilgan holda foydalanishga ruxsat beriladi.
Mavzuga oid
21:11 / 30.05.2026
Farg‘onada 1 mlrd 247 mln so‘mlik dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
08:34 / 22.05.2026
Qayta ishlangan mahsulotlarga bojxona imtiyozlari qo‘llanadi
18:32 / 15.05.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston bojxonachilari chegara postlaridagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
12:01 / 01.05.2026