Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Petr Chex xokkeychiga aylandi
“Chelsi” va “Arsenal” futbol klublarining sobiq darvozaboni Petr Chex xokkey bo‘yicha Britaniya chempionatining 2-divizionida ishtirok etuvchi “Gilford Feniks” klubi o‘yinchisiga aylandi. Bu haqda klub saytida ma'lum qilingan.
Chex o‘zining yangi jamoasi uchun shu dam olish kunlari, ya'ni 13 oktyabrda debyut qilishi mumkin.
Klub bayonotida ta'kidlanishicha, Chex jamoa bilan shartnoma tuzishdan oldin muz ustida jadal mashg‘ulot o‘tkazgan. U klub uchun mavsum oxirigacha darvozabon sifatida o‘ynaydi.
“Men “Feniks” uchun o‘ynash imkoniyatidan xursandman. Ushbu yosh jamoaga mavsumda qo‘ygan maqsadlarida erishishida yordam berishga va u uchun iloji boricha ko‘proq o‘ynashga umid qilaman. Professional futboldagi 20 yillik faoliyatimdan keyin men yoshlikdan tomosha qilishni yaxshi ko‘rgan xokkeyda o‘zimni sinab ko‘rish men uchun ajoyib tajriba bo‘ladi”, deb aytgan Chex.
37 yoshli sportchi 2018/2019 yillardagi mavsumdan keyin futbolchilik faoliyatini yakunlagandi. U o‘z faoliyatida davomida 4 karra Angliya chempioni bo‘lishga, Chempionlar ligasi va Yevropa ligasida g‘alaba qozonishga, Chexiya terma jamoasi safida Yevro-2004’ning bronza medalini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan.
Mavzuga oid
23:00 / 22.02.2026
Xokkey bo‘yicha AQSh terma jamoasi 1980 yildan buyon ilk bor Olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritdi
08:50 / 31.05.2024
Toshkentda muz saroyini o‘z ichiga oluvchi Xokkey sport majmuasi quriladi
18:34 / 29.05.2024
O‘zbekiston xokkey milliy jamoasi jahon chempionatida ishtirok etadi
22:47 / 30.04.2024