Nursulton Nazarboyev Turkiy kengash darajasini Tashkilot darajasigacha oshirishni taklif qildi
Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining (Turkiy kengash) Bokudagi 7-yig‘ilishida ishtirok etib, kengashni yanada rivojlantirish bo‘yicha ikkita tashabbusni bildirdi.
Nazarboyev dastlab O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va butun o‘zbek xalqini O‘zbekistonning Turkiy kengashga to‘la huquqli a'zo bo‘lgani bilan tabriklagan.
“O‘zbekistonning kengashga kirishi - tarixiy va shu bilan birga butun turkiy tilli hamjamiyat uchun uzoq kutilgan voqeadir”, deb aytgan Elboshi.
Nazarboyev turkiy integratsiya jarayonini davom ettirish muhimligini ta'kidlab, kengashni yanada rivojlantirish bo‘yicha ikkita tashabbus bildirgan.
“Birinchidan, “Turkiy nazar – 2040” dasturini ishlab chiqishni taklif qilaman. Bu hujjatda turkiy tilli hamjamiyatning uzoq muddatli maqsadlari va bu maqsadlarga erishish yo‘llari aks etishi kerak. Buning evaziga biz davlatlarimiz uchun tashqi siyosat va “yumshoq kuch” siyosati, savdo va tranzit, turizm va investitsiya, energetika va “yashil iqtisodiyot”, kichik va o‘rta biznes kabi ustuvor yo‘nalishlardagi hamkorlikni mustahkamlashga sezilarli turtki beramiz”, deb aytgan Nazarboyev.
“Ikkinchidan, istiqbolda Kengash nomini ko‘rib chiqishni taklif qilaman. Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi darajasini Tashkilot darajasigacha oshirish kerak deb hisoblayman. Shu tariqa, tuzilmamizni “Turkiy davlatlar tashkiloti”deb atash mumkin”, deb taklif qilgan Nazarboyev.
Mavzuga oid
18:42 / 30.08.2024
Nazarboyevning sobiq kelini odam o‘g‘irlashda ayblanib, 12 yilga qamaldi
22:01 / 16.08.2024
Nursulton Nazarboyevning jiyani Qayrat Sotiboldiuli qamoqdan ozod qilinadi
19:01 / 12.08.2024
Nazarboyevning jiyani davlatga 1,6 mlrd dollar qiymatli mulklarni qaytardi
21:42 / 12.01.2024