Antarktika aksi, kamalaktog‘ va muzlikdagi musaffolik – 2019 yilning eng yaxshi tabiat manzaralari
Xalqaro geologiya hamjamiyati «Yer haqidagi ilm-fan haftaligi» (Earth Science Week) suratlar tanlovi natijalarini e'lon qildi. Suratlarda sayyoraning turli releflari aks etgan.
Tanlov uchun kelib tushgan fotolar orasidan 12ta eng yaxshisi tanlab olindi. Hakamlar hay'ati ilk uchta o‘rinnigina qayd etdi, qolganlari erkin tartibda ketgan.
Birinchi o‘rin: «Antarktika aksi» (Jyerlash bo‘g‘ozi)
Foto: Ingrid DemaerschalkIkkinchi o‘rin: «Musaffolik» (Breiðamerkurjökull muzligi, Islandiya)
Foto: Rob StorrarUchinchi o‘rin: «Kamalaktog‘» (Vinikunka tog‘i, Peru)
Foto: Leith Livingstone«Qoyalar oralab» (Trans-Kanada magistrali, Kanada)
Foto: Ben Craven«Geologiya — yerda yashab qolish uchun» (Noss oroli, Shetland arxipelagi, Shotlandiya)
Foto: Ursula Lawrence«Peyjaz va geologiyaning uyg‘unlashuvi» (Yaman poytaxti Sana shahri)
Foto: Marc-André BünzliNiue arkasi (Tinch okeanidagi mustaqil Niue oroli)
Foto: Ollie DabsonQalay va mis koni (Kornuoll grafligi, Angliya)
Foto: Andy LeonardQirollik kanoni (Vatarrka milliy bog‘i, Avstraliya)
Foto: Kevin PrivettMollyuskalar (Kler grafligi, Irlandiya)
Foto: Martin SykesSossusvlei botig‘i - qizil qumtepaliklar orasidagi tuz va sho‘rxok loy (Namib-Naukluft milliy bog‘i, Namibiya)
Foto: Jocelyn MiddletonIrlandiya orolining eng shimoliy nuqtasi – Malin-Hedda quyosh botishi (Donegol grafligi, Irlandiya)
Foto: Yvonne Doherty