Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda o‘zganing fotosuratlari ustiga haqoratli so‘zlar yozib, ijtimoiy tarmoqda tarqatgan ayol ushlandi
Toshkent shahar Yashnobod tumanida yashovchi 33 yoshli R.D. (ayol) ariza bilan murojaat qilib, Telegram messenjerida profil egasi R.D.ning fotosuratlarini haqoratli yozuvlar bilan internet ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirganini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahar Sergeli tumanida yashovchi 30 yoshli X.F. (ayol) sodir etgani aniqlangan.
Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan X.F. Telegram messenjeridagi profilda, shuningdek, “Instagram” ijtimoiy tarmog‘idagi akkaunti orqali R.D.ni turli so‘zlar bilan haqoratlab, kamsitgan va ushbu akkauntda uning fotosuratlarini haqoratli yozuvlar bilan joylashtirgani aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 140-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, X.F.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligi yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Qonunga muvofiq, JKning 140-moddasi 2-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
22:10 / 11.07.2026
Toshkent Osiyodagi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida 74-o‘rinda qayd etildi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026