O‘zbekiston | 14:26 / 18.10.2019
13990
1 daqiqa o‘qiladi
Dam olish kunlari qanday ob-havo kutilyapti?
Bugun va yaqin dam olish kunlarida O‘zbekistonda kuz fasli uchun xos bo‘lgan ob-havo sharoitlari saqlanib turadi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.
Qayd etilishicha, shu kunlarda mamlakat aholisini avvalgidek quyoshli ob-havo kutmoqda. Tungi va tonggi soatlarda havoda kuzgi salqin – 5-10 daraja iliq bo‘ladi, kunduzi esa havo 20-25 darajagacha ko‘tariladi.
Bildirilishicha, bunday harorat oktyabrning ikkinchi o‘n kunligi uchun xos bo‘lgan o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan biroz yuqori.