Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kongodagi avtohalokat 25 kishining hayotiga zomin bo‘ldi
Kongoda 20 oktyabrda yuz bergan avtohalokatda 25 kishi halok bo‘ldi, 57 kishi jarohat oldi.
Bu haqda eNCA telekompaniyasi xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘ldan chiqib, ag‘darilib ketgan. Shundan keyin avtobus salonida yong‘in boshlangan. Voqeaga tezlikning oshirib yuborilishi sabab bo‘lgan.
Yo‘l-transport hodisasi poytaxt Kinshasadan 150 km uzoqlikda yuz bergan. Liq to‘la avtobus Lufu shahriga yo‘nalayotgan bo‘lgan.
Jarohatlanganlar voqea yuz bergan joydan 20 km uzoqlikdagi shifoxonaga yetkazilgan. Shifokorlarning ta'kidlashicha, ularda mavjud dori-darmon va tibbiy vositalar barcha jarohatlanganlarga yetmaydi.
Kongoda 18 oktyabrda ham yuk mashinasi ishtirokida avtohalokat yuz bergan. Unda 11 kishi halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
11:25 / 01.10.2025
Kongo DR sobiq prezidenti Kabila sirtdan o‘lim jazosiga hukm qilindi
23:49 / 16.07.2025
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
14:55 / 28.06.2025
Kongo DR va Ruanda Vashingtonda tinchlik shartnomasini imzoladi
20:28 / 18.06.2025