Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kongoda Ebola epidemiyasi sababli aviaqatnovlar to‘xtatildi
Epidemiya Kongoning uchta provinsiyasiga tarqalib ulgurgan, 91ta tasdiqlangan va 867ta taxminiy kasallanish holati aniqlangan hamda 204ta o‘lim qayd etilgan.
Kongo Demokratik Respublikasi hukumati aviaqatnovlarni to‘xtatdi, ammo bu Ebola virusi tarqalishiga to‘sqinlik qilmayapti, deb xabar berdi Bloomberg.
Mamlakatda epidemiologik vaziyatning yomonlashishi sababli Kongo transport vazirligi epidemiya markazlaridan biri bo‘lgan Bunia shahriga barcha aviaqatnovlarni to‘xtatdi.
Biroq virus sharqiy Kongo va qo‘shni mamlakatlarga tarqalishda davom etmoqda.
Agentlikning ma’lumotiga ko‘ra, epidemiya Kongoning uchta provinsiyasiga tarqalib ulgurgan. Oqibatda 91ta tasdiqlangan va 867ta taxminiy kasallanish holati aniqlangan hamda 204ta o‘lim qayd etilgan.
BMT, shuningdek, qo‘shni Ugandada bir kishi halok bo‘lgani va yana bir kishi kasallanganini ma’lum qildi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tadqiqot bo‘limi rahbari Vazi Murtining bayonotiga ko‘ra, Ebola epidemiyasini keltirib chiqargan Bundibugio shtammiga qarshi vaksina olti-to‘qqiz oydan keyin tayyor bo‘ladi.
Mavzuga oid
20:49 / 06.06.2026
Kongoda Ebola virusini yuqtirish holatlari soni 450dan oshdi
17:44 / 02.06.2026
Ebola virusining O‘zbekistonda tarqalish xavfi past - Sanepidqo‘mita
20:58 / 26.05.2026
Afrikadagilar Ebola bezgagi tarqalishini jilovlay olmayapti
22:16 / 25.05.2026