AQSh O‘zbekistonga avtomobildagi kontrabandani qidirishga mo‘ljallangan vositalar to‘plamini taqdim etdi
AQSh O‘zbekistonga avtotransportda olib o‘tilishi mumkin bo‘lgan kontrabandani qidirish va aniqlashga mo‘ljallangan vositalar to‘plamini taqdim etdi.
Davlat bojxona qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2019 yilning 23 oktyabr kuni AQSh Davlat departamentining “Eksport nazorati va chegaralar xavfsizligi” (EXBS) dasturining maslahatchisi N.Kavallero bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv doirasida Davlat bojxona qo‘mitasiga avtotransport vositalarining ko‘z ilg‘amas bo‘shliqlarida olib o‘tilishi mumkin bo‘lgan kontrabanda ashyolarini qidirish va aniqlashga mo‘ljallangan 23 ta “ST-40” inspeksion ko‘rik vositalari to‘plamlari beg‘araz ko‘mak sifatida taqdim qilindi.
Ta'kidlanishicha, hozirga qadar ushbu dastur doirasida davlat bojxona xizmati organlariga umumiy qiymati qariyb 5 million AQSh dollariga teng texnik vositalar taqdim etilgan, shuningdek respublika bo‘yicha va xorijda bo‘lib o‘tgan 30 dan ortiq seminar, trening, konferensiya va boshqa o‘quv tadbirlarida Davlat bojxona qo‘mitasining 200 nafardan ortiq xodimlarining ishtiroki ta'minlangan.
Mavzuga oid
13:30 / 10.11.2024
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
23:26 / 09.11.2024
“G‘arbning geosiyosiy ochko‘zligi kelishmovchiliklar bosh sababi” – Putinning “Valday”dagi chiqishi
20:42 / 09.11.2024
Oq uy Trampning saylovlardagi g‘alabasidan keyin Ukrainaga harbiy yordam yuborishni tezlashtirdi
16:25 / 09.11.2024