Sport | 21:17 / 31.10.2019
9101
2 daqiqa o‘qiladi

Bugun «Rostov» mehmon bo‘ladigan Rossiyaning eng shovqinli stadionidan fotogalereya

Bugun Moskvada Rossiya Kubogi 1/8 finalidan o‘rin olgan «Spartak» hamda «Rostov» jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘tkaziladi. Rossiya poytaxtidagi «Otkritiye» stadioni chorak final yo‘llanmasi o‘ynaladigan bu bahsga mezbonlik qiladi. O‘yinga bo‘lgan qiziqish juda katta deb bo‘lmaydi, chunki o‘yin boshlanishiga oz qolgan bo‘lsa-da, stadionda muxlislar ko‘rinmayapti. Balki bunga «Spartak»ning Rossiya chempionatidagi o‘yinlari sabab bo‘layotgandir.

Ayni damda «Rostov»ni boshqarayotgan Valeriy Karpinning sobiq jamoasi «Spartak» ayni damda RPLda 18 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda. Tarkibida ko‘plab yulduzlari bo‘lgan «Spartak»dan muxlislar bunday natija kutmagandi.

Bugungi o‘yinga har ikki jamoa murabbiylari asosiy tarkibning ko‘plab futbolchilarini zaxirada qoldirishgan. «Rostov»ning o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov ham zaxirada qolgan. Karpin hujumda islandiyalik Born Sigurdarson va qozog‘istonlik Baxtiyor Zayniddinovga ishonch bildirgan. Eldor o‘yin qaydnomasiga kiritilgan va zaxiradan maydonga tushishi mumkin.

Kun.uz muxbirlari ayni damda Moskvadagi «Otkritiye» stadionida bo‘lib turishibdi. Quyida «Spartak» — «Rostov» o‘yini oldidan tayyorlangan fotogalereyani e'tiboringizga havola qilamiz.

«Spartak» metro bekati

Ўткир Жалолхонов
Tayyorlagan Ўткир Жалолхонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid