Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Odil Ahmedov: «Ertangi o‘yin qay darajada muhimligini hammamiz tushunib turibmiz»
JCh-2022 saralashi doirasidagi O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni uchrashuvidan oldin matbuot anjumani o‘tkazildi. Tadbirning dastlabki qismida milliy jamoamiz bosh murabbiyi bilan birga jamoa sardori Odil Ahmedov ham jurnalistlar savollariga javob qaytardi.
- O‘ylaymanki, ertangi o‘yin ahamiyati va muhimligini hammamiz yaxshi tushunib turibmiz. Ertaga juda ham qiziqarli va muxlislarbop o‘yin bo‘ladi, deb o‘ylayman. Xudo xohlasa, o‘ylagan rejalarimiz amalga oshadi va biz g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.
- Saudiya Arabistoni bilan o‘yindan oldin muxlislarga murojaatingiz bormi?
- Hammamizni juda muhim o‘yin kutib turibdi. Barcha muxlislarimizdan stadionga kelib, bizni qo‘llab-quvvatlab turishlarini so‘raymiz. Biz ham butun O‘zbekiston xalqini xursand qilishga intilamiz.
- Qirg‘iziston bilan bahsda markaziy himoyada o‘ynadingiz. Bu chiziqda o‘zingizni noqulay his qilmadingizmi?
- Himoyada birinchi marta o‘ynayotganim yo‘q, shu bois maydonda noqulaylik sezdim, deb ayta olmayman. Hammasi joyida.
Mavzuga oid
08:39 / 30.03.2022
JCh-2022 saralashi. Peru pley-offda o‘ynaydi, Kolumbiya va Chili mundialga bormaydi, Braziliyadan 4ta gol, Argentinada durang
08:24 / 30.03.2022
Marokash Kuperning Kongosini yirik hisobda yengib, JChga chiqdi. Kamerun va Tunis ham mundialga boradi, Jazoir esa yo‘q
01:46 / 30.03.2022
Fernandeshning dubli Portugaliyaga JCh yo‘llanmasini keltirdi, Polsha Shvetsiyani mundialsiz qoldirdi
01:21 / 30.03.2022