Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona viloyatida gaz sizib chiqishi natijasida portlash sodir bo‘ldi
Farg‘ona viloyatida gaz to‘planib, sizib chiqishi natijasida portlash sodir bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, dastlabki ma'lumotga asosan hodisa oqibatida bir nafar shaxs jarohat olgan.
Voqea bugun, 18 noyabr kuni soat taxminan 12:00da Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani X.Olimjon mahallasidagi ikki qavatli uylarning birida ro‘y bergan.
Qayd etilishicha, gaz to‘planib chaqnashi natijasida portlash sodir bo‘lgan. Oqibatda 1 nafar fuqaro - I.X. jarohat olgan.
Hodisa sodir bo‘lgan joyiga zudlik bilan yetib borgan tergov tezkor guruhi ishlamoqda.
Holat bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot berilishi aytiladi.
Mavzuga oid
08:26 / 09.07.2026
Jahon gaz bozorida qaysi davlatlar yetakchilik qilmoqda?
19:41 / 04.07.2026
Kommunal soha bilan bog‘liq murojaatlar soni keskin ortgan – Raqobat qo‘mitasi
10:40 / 01.07.2026
Monakodagi portlash bo‘yicha tergovda UXX nomi tilga olindi
09:25 / 30.06.2026