Fan-texnika | 21:56 / 27.11.2019
12184
1 daqiqa o‘qiladi

Tesla o‘z mashinalaridagi oyna tozalagichlar o‘rniga lazer qurilma qo‘llaydi

Tesla Motors kompaniyasi mashinalaridagi oyna tozalagichlarni lazer qurilma bilan almashtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Electrek nashri xabar berdi. 

Ma'lum qilinishicha, kompaniya bu qurilmani patentlashtirgan. 

Ta'kidlanishicha, lazer qurilma avtomatik ravishda yoqiladi. Bu esa oynaning tozaligini aniqlovchi sensor yordamida amalga oshiriladi.

Lazer qurilma avtomobilning nafaqat old oynasini, balki yon oynalari va orqa oynasini ham tozalaydi. Lazer tozalagichlar uchun hech qanday tozalovchi suyuqlik kerak bo‘lmaydi.

Shu bilan birga, lazerlar kuchli yog‘ingarchilik vaqtida qanday ishlashi va haydovchi hamda yo‘lovchilar ko‘zlariga qanchalik xavfsizligi borasida ma'lumot berilmagan.

Mavzuga oid