Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim iste'molchilar uchun elektr energiyasi qimmatlashadi
Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi. U uch oydan keyin kuchga kiradi.
Norma’ning yozishicha, ulangan quvvatidan qat'i nazar, kripto-aktiv va mayning sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi iste'molchilar foydalangan elektr energiyasi uchun to‘lovlarni tegishli tarif guruhiga asosan belgilangan tarifga nisbatan 3 barobar o‘suvchi koeffitsiyentga muvofiq to‘laydi.
Yaqin kunlarda bunday iste'molchilarni aniqlash va ularga o‘suvchi koeffitsiyentni qo‘llash tartibi ishlab chiqiladi. Bu vazifani Energetika vazirligiga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda amalga oshirish topshirilgan.
Qaror iqtisodiyot tarmoqlarida energiya samaradorligini oshirish hamda elektr energiyasidan oqilona foydalanishni keng targ‘ib etish maqsadida qabul qilingan.
Ma'lumot uchun:
kripto-aktiv – blokcheyndagi qiymati va egasi bo‘lgan yozuvlar jamligi;
blokcheyn – taqsimlangan ma'lumotlar reyestri, unda barcha ma'lumotlar ketma-ket yoziladi va bloklarga taqsimlanadi, bunda har bir yangi blok kriptografik imzo orqali avvalgi bloklar bilan bog‘liq bo‘ladi;
mayning – turli kriptovalutalarda yangi birliklar va komissiya yig‘imlari formatida mukofot olish imkonini beradigan taqsimlash platformasini ta'minlash va yangi bloklar yaratish bo‘yicha faoliyat.
Hujjat 11.03.2020 yildan kuchga kiradi.
Mavzuga oid
17:36 / 26.05.2026
Gaz va elektr energiyasi uchun oldindan to‘lov qilinganda 2 oy eski tariflar amal qiladi
13:18 / 15.05.2026
1 iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari joriy etiladi
21:41 / 05.05.2026
Qozog‘iston 2027 yilda Rossiyadan elektr energiyasi olishni to‘xtatadi
22:40 / 08.04.2026