08:35 / 19.12.2019
0
8565

Sergelida avtobus «Neksiya-3» bilan to‘qnashdi. IIBB YTH tafsilotlarini ma'lum qildi

Illyustrativ foto

Ijtimoiy tarmoqlarda Sergeli tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi aks etgan videoyozuv tarqaldi. Toshkent shahar IIBB ushbu holat bo‘yicha quyidagilarni ma'lum qildi.

17 dekabr kuni taxminan soat 18:00da Birodarlik va Qo‘rg‘ontepa ko‘chalari kesishmasida asosiy yo‘ldan harakatlanib borgan 28 yoshli R.K. boshqaruvidagi «Mersedes-Bens» rusumli avtobus 23 yoshli, Toshkent viloyatida yashovchi D.T. tomonidan ishonchnoma bo‘yicha boshqarib borilgan «Neksiya-3» rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan

YTHning taxminiy sababi: «Neksiya» avtomobili haydovchisi asosiy yo‘ldan harakatlanib borgan avtobusni o‘tkazib yubormagan.

YTH natijasida yengil avtomobil haydovchisi, shuningdek uning yo‘lovchisi 19 yoshli X.S. tan jarohatlari olib, tibbiyot muassasasiga yetkazildi.

«Hurmatli haydovchilar! Eslatib o‘tamiz, avtomobilingizda yo‘lovchilar bo‘lsa, bu sizdan mas'uliyat va e'tibor yuqori bo‘lishini talab qiladi. Transport vositasini boshqarganda ehtiyot bo‘lish, tezlikni to‘g‘ri tanlash kerakligini unutmang», - deyiladi xabarda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top