Ijtimoiy tarmoqlarda BYD maşinasi kiçik qizni urib ketgani aks etgan video tarqaldi. Videoda haydovçi maşinani aholi yaşaş punktida 142 km/soat tezlikda boşqarganini köriş mumkin. Kun.uz holatga oydinlik kiritdi.
Navoiy viloyati IIB matbuot xizmati rahbari Zoyir Yöldoşevning Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, YTH joriy yil 1 iyul kuni Xatirçi tumani hududida sodir bölgan. Tumanning Yangirabot mahallasi hududidan ötgan davlat ahamiyatiga ega 4R-48 avtomobil yölida harakatlanib kelgan BYD maşinasi yölni piyodalar ötiş joyidan kesib ötayotgan qizni urib ketgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda ikkita avtomobil yölda quvlaşmaçoq öynagani va birinçisi yölovçilarga yöl bermasdan piyodalar yölagidan tezlik bilan ötib ketgani aks etgan. Uning ortida harakatlangan ikkinçi maşina esa piyodalar yölagidan ötayotgan va oldindagi maşinaning harakatidan yiqilib tuşgan qizçani bosib ötgan.
Maşina tagida qolib ketgan 9 yoşli qiz olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Kun.uz manbasiga köra, qizni toğasi tuman markazidagi parkka aylantirib keliş maqsadida olib ketayotgan bölgan.
Haydovçiga nisbatan Xatirçi tuman IIB Tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

















